09:18 / 07.03.2019
5 305

Neymar: “Bu sharmandalik!” (foto)

Neymar: “Bu sharmandalik!” (foto)
PSJ hujumchisi Neymar MYUga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida parijliklar darvozasi tomon penalti belgilagan sloveniyalik hakamni tanqid qildi.

"Bu sharmandalik! Futbolni tushunmaydigan toʻrt nafar hakamni oʻyinga qoʻyishgan, videotakrorni koʻrib ham tushunmaydigan.

Hech nima boʻlmadi. Oʻyinchi (Kimpembe) qanday qilib qoʻlini olib qolishi mumkin?“, - deb yozdi MYUga qarshi har ikki oʻyinni oʻtkazib yuborgan Neymar oʻzining instagramdagi ”tarixiga".

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv bosh hakami Damir Skomina 90-daqiqada VAR tizimiga murojaat qildi va videotakrorlarni koʻrganidan soʻng toʻp Presnel Kimpembening qoʻliga tegdi deb topgan holda PSJ darvozasiga penalti belgiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: “Bu sharmandalik!” (foto)