09:25 / 07.03.2019
3 987

Sulsher: “Fantastika. Bu MYU” (foto)

Sulsher: “Fantastika. Bu MYU” (foto)
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YECHL nimchorak final javob bahsi doirasida PSJ ustidan qozonilgan safardagi gʻalaba (3:1)dan keyin fikrlarini bildirib oʻtdi.
"Fantastika. Yigitlardagi ishonch - bu biz umid qilgan narsa edi.
Biz zoʻr boshladik, tezkor gol urishni rejalashtirgan edik, lekin bu 2-daqiqadayoq roʻy beradi deb oʻylamagandik. Bu oʻyinni ochdi, biz koʻproq gol urishni xohlagan edik".
Reshford hal qiluvchi penaltini 92-daqiqada kiritdi. Penalti tepayotganda har doim shubha boʻladi. Men “Molde” bilan birga Chempionlar ligasida oʻynaganimda mening futbolchim penaltidan gol ura olmagan va biz “Bazel”ga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edik.
Reshford 21 yosh, unga bosim oʻtkazishdi. Lekin, u asabiylashmadi, u qoʻrqmadi. U va Lukaku bugun fantastik oʻynashdi.
Bu Chempionlar ligasi. Biz jamoa bilan kechagi “Real” va “Ayaks” oʻyinini muhokama qildik. Oʻtgan mavsum “Yuventus” va “Real”, shuningdek aynan PSJ va “Barselona” oʻyinlarida kambeklar roʻy bergandi.
Biz kambeklar qilamiz, bu MYU!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher: “Fantastika. Bu MYU” (foto)