13:16 / 07.03.2019
4 417

Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi

Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi
Professional boksning oʻta ogʻir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) 15 mart kuni AQSHda oʻzining beshinchi jangini oʻtkazadi.

GoSport.uz nashri bokschining oʻziga asoslanib maʼlum qilishicha, Jalolov shu kuni kolumbiyalik Santander Silgadoga (28-6, 22 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Silgado oʻz vaqtida birinchi ogʻir (-90,7 kg) vazn toifasi reytingida birinchi oʻringa koʻtarilgan va 2012 yilda oʻsha vaqtlarda chempion boʻlgan rossiyalik Denis Lebedevga qarshi WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqqan, ammo imkoniyatni boy bergandi.

Bundan tashqari, Silgado bir necha marta ikkinchi darajali kamarlar uchun janglarda ishtirok etgan.
Eslatib oʻtamiz, Bahodir soʻnggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi