17:10 / 08.03.2019
4 304

“Real”ning yozgi transferlar uchun rejalari maʼlum qilindi

“Real”ning yozgi transferlar uchun rejalari maʼlum qilindi
“Real” rahbariyati yozda xaridlar orqali kuchaytilishi zarur boʻlgan pozitsiyalar qisqa roʻyxatini tuzib chiqdi, deb yozmoqda Kun.uz.

Nashr maʼlumotiga koʻra, klub mutasaddilari yozda jamoaga olib kelmoqchi boʻlayotgan futbolchilar darhol yoki kelgusida quyidagi oʻyinchilarning oʻrnini bosishi kerak: Rafael Varan, Alvaro Odriosola, Marko Asensio, Toni Kroos, Isko va Garet Beyl.

“Real”ning 2019 yil yozi uchun transfer maqsadlari quyidagilar:
1. Markaziy himoyachi
2. Chap qanot himoyachisi
3. Ikki nafar yarimhimoyachi
4. Hujumchi

Ushbu xaridlar amalga oshirilishi bilan birga baʼzi futbolchilar shubhasiz jamoani tark etishadi, ammo klub ularni arzonroq narxga qoʻyib yubormoqchi emas. Shuningdek, “Real” tarkibga yosh oʻyinchilarni jalb etishda davom etmoqchi.

Qoʻshimcha qilinishicha, “qirollik klubi” yuqoridagi pozitsiyalar uchun nomzodlarni tezroq aniqlab olib, yozgi transfer kampaniyasini odatdagidan ertaroq yakunlashni istamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ning yozgi transferlar uchun rejalari maʼlum qilindi