23:30 / 08.03.2019
3 776

JCH—2022 oʻyinlari Ummon va Kuvayt davlatlarida ham oʻtkazilishi mumkin

JCH—2022 oʻyinlari Ummon va Kuvayt davlatlarida ham oʻtkazilishi mumkin
2022 yilda Qatar mezbonligida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon Chempionatining baʼzi oʻyinlari Ummon va Kuvaytda oʻtkazilishi mumkin. Bu haqda Associated Pressʻga tayanib Daryo xabar berdi.

FIFA bu variantni Qatarda boʻlib oʻtadigan musobaqada ishtirokchilarning koʻpayishi munosabati bilan koʻrib chiqmoqda. 2022 yilgi Jahon Chempionatida tarixda ilk marotaba 32 ta emas, balki 48 ta jamoa qatnashishi mumkin.

Qatnashchilar soni ortishi bilan birgalikda uchrashuvlar soni ham koʻpayadi. Shu munosabat bilan uchrashuvlar oʻtkaziladigan hududdagi boshqa davlatlarning ham yordami kerak boʻladi.

Manbada yozilishicha, ayni vaqtda FIFA Kuvayt va Ummon variantini koʻzdan kechirmoqda. Ammo ismini oshkor etishni xohlamagan manba muzokaralar yashirin yoʻsinda olib borilayotganini taʼkidlagan.

Oʻtgan oyda tashkilot prezidenti Janni Infantino Kuvaytga tashrif buyurgandi. 10 mart, yakshanba kuni esa FIFA rahbari Ummonga boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2022 oʻyinlari Ummon va Kuvayt davlatlarida ham oʻtkazilishi mumkin