07:32 / 09.03.2019
5 264

Ramos: “Hisob-kitob qilib qoʻy va men ketaman”

Ramos: “Hisob-kitob qilib qoʻy va men ketaman”
“Real” klubi YECHL 1/8 finalida “Ayaks”ga yutqazib musobaqadan chiqib ketgach “Santyago Bernabeu”dagi kiyinish xonasida himoyachi Serxio Ramos va prezident Florentino Peres oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

32 yoshli futbolchi diskvalifikatsiya sabab oʻyinni oʻtkazib yuborgan, ammo bahs yakunlangach yechinish xonasiga tushgan.

Peres yirik magʻlubiyatdan soʻng “Real” futbolchilarini koyigan. Prezident oʻyinchilarning oʻz ustida ishlamay qoʻygani va dam olish kunlarining koʻpligi haqida gapirgan. AS nashrida xabar qilinishicha, Peres gaplarining birida “sharmandali” soʻzini ham ishlatgan.

Bu orada Ramos funksioner bilan tortishib qolgan. Marca nashrida xabar qilinishicha, Peres Ramosga jamoadan xaydab yuborish bilan taxdid qilgan. Futbolchi esa: “Hisob-kitob qilib qoʻy va men ketaman”, - degan.

Ramos shuningdek, ushbu gaplarni aytgan: “Men bu ramz uchun, klub uchun va xatto sen uchun borimni berdim”. Kiyinish xonasidagi barcha futbolchilar ushbu janjalning guvohi boʻlishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramos: “Hisob-kitob qilib qoʻy va men ketaman”