Uayt: “Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi”

  • 09 mart 2019, 08:00
  • 1 488
  • Sport
  • Uayt: “Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi”
    Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt nima sababdan aralash yoʻnalish (MMA) jangchilari Konor Makgregor va Donald Serronening bahsi oʻtkazilmasligi haqida aytib oʻtdi.

    Tashkilot rahbari bildirishicha, irlandiyalik UFCʻning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan revanshga umid qilayotgani tufayli amerikalikka qarshi jang oʻtkazilmaydi.

    “Aslida, Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi. Unga keyingi raqibni tanlash imkonini bering. Serrone kecha mening ofisimga keldi va u ham jang qilishni xohlayapti”, - deya Uaytning soʻzlarini keltiradi MMA Junkie.

    2018 yilning oktyabrida Nurmagomedov Makgregorni boʻgʻish usulida magʻlubiyatga uchratdi. Hozirgi vaqtda har ikki jangchi bahsdan keyingi mushtlashuv uchun diskvalifikatsiya muddatini oʻtamoqda.

    » » Uayt: “Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi”