16:03 / 09.03.2019
4 000

Anvar Boynazarov fransiyalik raqibidan revansh olishga qodirmi?

Anvar Boynazarov fransiyalik raqibidan revansh olishga qodirmi?
Aralash yakkakurash jang sanʼatlari ustasi oʻzbekistonlik Anvar Boynazarov oʻzining navbatdagi jangini bugun Fransiyaning Strasburg shahrida oʻtkazadi.

Kikboksing boʻyicha “GLORY 64” turniri doirasida 64 kg vazn toifasida sportchimiz mezbon yakkakurashchi Abdulloh Ezbiri bilan kuch sinashadi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan 10 martga oʻtar kechasi (01:00) boʻlib oʻtadi.

Fransiyalik sportchi ushbu turnirdagi faoliyatini 2013 yilda boshlagan boʻlib, shu vaqtga qadar 5 jang oʻtkazib, 3 gʻalaba va 2 magʻlubiyat qayd etgan.

Boʻlajak toʻqnashuv sportchilarning oʻzaro ikkinchi jangi hisoblanadi. Ular 2017 yil 28 oktyabrida Lionda tashkil qilingan “GLORY 47” turniri toʻqnash kelishgan va unda mezbon sportchining qoʻli baland kelgan edi. Reytingda Ezbiri 2-pogʻonada borayotgan boʻlsa, Anvar 4-oʻrinni egallab turibdi.

Boynazarov soʻnggi marta oʻtgan yilning sentyabr oyida ringga koʻtarilgan. Oʻshanda Chikagoda oʻtkazilgan “GLORY 58” musobaqasida britaniyalik Beyli Sugdenni nokautga uchratgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Anvar Boynazarov uchun bu “Glory” turnirlaridagi 8-jang hisoblanadi. Bungacha u 7 ta jang oʻtkazib, 3 gʻalaba (1 nokaut) va 4 magʻlubiyat qayd etgan.

Maʼlumot uchun: “Markaziy Osiyo sheri” nomi bilan tanilgan Anvar muay tay bilan shugʻullana boshlagan. Koʻp yillar davomida u Tailandda tajribasini oshirib, ajoyib natijalarga erishgan. U birinchilardan boʻlib “eng yaxshi xorijlik Lumpini jangchisi” degan nomga sazovor boʻlgan. Lumpini muay tay boʻyicha jahonning eng nomdor stadioni hisoblanadi.

Anvar ushbu kamar ostida 110 jang oʻtkazib, 88 tasida zafar quchgan. 50 tasida esa raqiblarini nokautga uchratgan. U ikki marta “WMY Muay Thai” boʻyicha jahon chempioniga aylangan va bu orada kikboksing sir-asrorlarini ham oʻrganib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anvar Boynazarov fransiyalik raqibidan revansh olishga qodirmi?