16:30 / 09.03.2019
3 459

Fazliddin Gʻoibnazarovning keyingi jangi sanasi maʼlum boʻldi

Fazliddin Gʻoibnazarovning keyingi jangi sanasi maʼlum boʻldi
Rio Olimpiadasining chempioni, ayni vaqtda professional boksda oʻz faoliyatini olib borayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov navbatdagi jangini qachon oʻtkazishini eʼlon qildi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, Gʻoibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga koʻtariladi.

“Boʻlajak jangning sanasi va qayerda oʻtkazilishi aniq boʻldi. Rostini aytsam, raqib ham maʼlum. Biroq uning kimligini hozir eʼlon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi oʻzgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizgʻin tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida eʼlon qilaman”, – deydi Fazliddin Gʻoibnazarov.

Eslatib oʻtamiz, Gʻoibnazarov shu paytgacha professional boksda yetti bor jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan va 4 tasi nokaut evaziga qoʻlga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin Gʻoibnazarovning keyingi jangi sanasi maʼlum boʻldi