16:56 / 09.03.2019
4 112

Soʻnggi 10 yillikda transferlardan eng koʻp pul ishlab olgan klublar

Soʻnggi 10 yillikda transferlardan eng koʻp pul ishlab olgan klublar
Soccernews nashri oxirgi 10 yil ichida transferlardan eng koʻp daromad olgan 5ta klub reytingini tuzib chiqdi.

5. “Lill”, Fransiya
Sarflangan mablagʻ: 194 mln yevro
Olingan mablagʻ: 364 mln yevro
Foyda: 170 mln yevro

2010/11 mavsumida “Lill” Fransiya chempioni boʻlishga erishdi. Keyingi bir necha yil ichida jamoaning oʻzagi toʻligʻicha sotilib ketdi. Eng katta transferlar - Eden Azar (35 mln yevro) va Jervino (20 mln yevro) boʻldi.

4. “Udineze”, Italiya
Sarflangan mablagʻ: 259 mln yevro
Olingan mablagʻ: 438 mln yevro
Foyda: 178 mln yevro

10 yil oldin “Udineze” Chempionlar Ligasi yoʻllanmasi uchun kurashadigan jamoa edi. Uning tarkibida Aleksis Sanches, Kvadvo Asamoa, Xuan Kuadrado, Goʻkxon Inler, Salli Muntari, Kristian Sapata, Maurisio Isla, Mahdiy Benatia va Allan kabi koʻplab futbolchilar toʻp tepdi. Keyinchalik ularning transferi klubga katta daromad keltirdi.

3. “Monako”, Fransiya
Sarflangan mablagʻ: 638 mln yevro
Olingan mablagʻ: 885 mln yevro
Foyda: 201 mln yevro

“Monako” soʻnggi 10 yillikda transferlardan eng koʻp tushumga ega boʻlgan klubdir – 885 million yevro. Uning eng katta transferlari roʻyxatiga nazar solsak, buning sababi aniq boʻladi: Mbappe – 135 mln yevro, Lemar – 70 mln yevro, Mendi – 58 mln yevro, Bernardu Silva – 50 mln yevro, Fabino – 45 mln yevro.

2. “Portu”, Portugaliya
Sarflangan mablagʻ: 384 mln yevro
Olingan mablagʻ: 748 mln yevro
Foyda: 363 mln yevro

“Portu” har doim iqtidorlar transferidan katta daromad oladigan klub sanalgan. Klub 20 million yevrodan ortiq qiymatga ega boʻlgan futbolchilarni olmaydi. Ammo oʻz futbolchilarini kamida 40 million yevroga sotadi. 2012/13 mavsumida Halkning “Zenit”ga aynan shu qiymatdagi transferini eslash kifoya.

1. “Benfika”, Portugaliya
Sarflangan mablagʻ: 370 mln yevro
Olingan mablagʻ: 795 mln yevro
Foyda: 325 mln yevro

“Benfika” ham iqtidorlarni kashf qilishda “Portu”dan qolishmaydi. Klub asosan serbiyalik, belgiyalik, ispaniyalik yoshlarga eʼtibor qaratadi. Eng esda qolarli transferlari sifatida Matich, Ramires, Ederson va David Luizni eslash kifoya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Soʻnggi 10 yillikda transferlardan eng koʻp pul ishlab olgan klublar