Kiberspotchimiz JCHda ishtirok etadi

  • 09 mart 2019, 18:43
  • 1 147
  • Sport
  • Kiberspotchimiz JCHda ishtirok etadi
    Kibersport boʻyicha Xitoyda oʻtkaziladigan Jahon chempionatida (WESG) ishtirok etuvchi Oʻzbekiston vakili Salohiddin Esanov 8 mart kuni musobaqaga joʻnab ketdi.

    U Pro Evolution Soccer-2019 boʻyicha Markaziy Osiyo uchun ajratilgan yagona yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

    Ushbu yoʻnalishda jahonning 20 nafar kibersportchisi ishtirok etadi. Guruh bosqichi bahslari 11 mart kuni start oladi. Esanov Xitoy, Gretsiya, Indoneziya va Marokash vakillari bilan birga “C” guruhidan joy olgan. Salohiddin ilk bahsni 11 martda mezbon mamlakat kibersportchisiga qarshi oʻtkazadi.

    Maʼlumot uchun, WESGʻning Pro Evolution Soccer yoʻnalishida umumiy sovrin jamgʻarmasi 52,5 ming dollarni tashkil etadi, bu summa eng yuqori uchta oʻrin egasi oʻrtasida taqsimlanadi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda elektron-kompyuter sporti 2018 yil sentyabrida rasmiy sport turlari roʻyxatiga kiritilgan edi. Ushbu sport turi boʻyicha ichki musobaqalar Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi koʻmagida tashkil etib kelinmoqda.

    » » Kiberspotchimiz JCHda ishtirok etadi