10:39 / 10.03.2019
3 275

“Bavariya” oʻzida “Volfsburg”ga 6 ta gol urdi (video)

“Bavariya” oʻzida “Volfsburg”ga 6 ta gol urdi (video)
Germaniya chempionatining 25-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻz nihoyasiga yetdi.
“Bavariya” oʻz maydonida “Volfsburg”ni qabul qildi. “Alyans Arena”da kechgan bahsda myunxenliklar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Maydon egalari safida Robert Levandovski dubl qayd etgan boʻlsa, Serj Gnabri, Xames Rodriges, Tomas Myuller va Yozua Kimmixdar bir martadan raqib darvozasini ishgʻol etishdi.

Shu tariqa, “Bavariya” va “Borussiya” jamoalari ochkolarini 57 taga yetkazib olishdi. Myunxenliklar toʻplar nisbati boʻyicha dortmundliklarni ortda qoldirib yetakchi boʻlib olishdi. Leypsig klubi esa 46 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda.

Bundesliga, 25-tur
Bavariya – Volfsburg 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 34 Gnabri, 2:0 – 37 Levandovski, 3:0 – 52 Xames, 4:0 – 76 Myuller, 5:0 – 82 Kimmix, 6:0 – 85 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Rafinya, Kimmix, Alkantara, Martines (Goretska, 54), Xames (Sanshesh, 74), Gnabri (Riberi, 55), Levandovski, Myuller.
Volfsburg – Kastels, Knoxe, Villiam, Bruks, Gerxardt (Malli, 83), Arnold (Redjbechay, 68), Gilavogi, Brekalo, Russiyon, Vegorst, Mexmedi (Shteffen, 58).
Ogohlantirishlar: Redjbechay (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” oʻzida “Volfsburg”ga 6 ta gol urdi (video)