11:23 / 10.03.2019
3 117

“Dinamo” oʻzida “Nasaf” bilan durang oʻynadi (video)

“Dinamo” oʻzida “Nasaf” bilan durang oʻynadi (video)
Oʻzbekiston chempionatining 1-turidan oʻrin olgan “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻyin qarshiliklarning hujumlari ostida boshlandi va bu urinishlar tez orada oʻz samarasini berdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Dilshod Saitovning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasini darvozabon qaytarishda xatoga yoʻl qoʻydi.

Goldan soʻng oʻyin yanada shiddatli oʻtmoqda, ikkala jamoada ham vaziyatlar yuzaga keldi. Boʻlim yakuniga qadar keskin va murosasiz bahs guvohiga aylandik. Har ikki tomonda ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Shuningdek, dastlabki boʻlim mezbonlar darvozaboni Shohruh Elbutayevning xatolari bilan yodda qoldi.

Ikkinchi boʻlim ham jamoalarning qator hujumlari bilan boshlandi. 51-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi. Jarima maydoniga uzatib berilgan toʻpni Amirjon Safarov boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

Ikkinchi boʻlim oʻrtalariga yaqin samarqandliklar posboni jiddiy jarohat oldi va oʻyinda toʻxtalish yuzaga keldi. Mazkur toʻxtalishlardan keyin oʻyin surati biroz tushdi, biroq oʻyin yakuniga yaqin jamoalar yana faollikni oshirishdi.

Soʻnggi daqiqalar mehmonlarning xavfli hujumlariga boy boʻldi, biroq qarshiliklar ulardan foydalana olmadilar.
Shu tariqa, bu oʻyin ham 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topdi.

Coca Cola Superliga, 1-tur
“Dinamo” – “Nasaf” 1:1 (0:1, 1:0)
Gol:
0:1 - 12 Saitov, 1:1 - 51 Safarov.

“Dinamo”: 12. Shohruh Eshboʻtayev (1. Botirali Ergashev, 62), 2. Mirkomil Lokayev, 4. Xakimxon Alamxonov, 6. Akmal Xolmurodov, 10. Amirjon Safarov (14. Voxid Shodiyev, 78), 11. Qadamboy Nurmetov, 16. Bobur Qosimov, 18. Abbos Shodmonov, 21. Damir Temirov (7. Jasur Azimov, 67), 23. Sardorbek Eminov, 27. Ixtiyor Toshpoʻlatov.

“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtozayev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 22. Akmal Mozgovoy (20. Islom Kenjaboyev, 79), 27. Islom Rashidxonov (17. Doniyor Narzullayev, 90), 28. Xurshidbek Muxtorov, 77. Oybek Bozorov (10. Bobir Abdixoliqov, 70), 92. Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirish: Alamxonov (81)


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Dinamo” oʻzida “Nasaf” bilan durang oʻynadi (video)