“Qoʻqon-1912” Fransiyaning “Nant” klubida oʻynagan futbolchini safiga qoʻshib oldi

  • 10 mart 2019, 13:24
  • 1 456
  • Sport
  • “Qoʻqon-1912” Fransiyaning “Nant” klubida oʻynagan futbolchini safiga qoʻshib oldi
    Chempionat boshlanishi arafasida “Qoʻqon-1912” jamoasi safiga yangi legioner futbolchi kelib qoʻshildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu oʻyinchi Olivye Arunaa Bonnes boʻlib 1990 yilning 4 fevral sanasida Nigeriya mamlakati poytaxti Niamey shahrida tavallud topgan. Fransiyaning “Nant” jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

    Futbolchilik faoliyatini 2006 yilda Fransiyaning “Nant V” jamoasi safida boshlagan. 2009-2011 yillarda “Nant” jamoasining asosiy tarkibidan oʻrin olgan. 2011-2012 yillarda “Lill V” klubi sharafini himoya qilgan.

    2012 yilda esa Belgiyaning – “Bryusel” klubiga yoʻl olib, u yerda yaxshi faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, faoliyati davomida Bolgariyaning “Vereya”, “Lokomotiv Plovdiv”, “Montana” klublarida ham oʻynagan.

    Olivye Arunaa Bonnes uchun Osiyo futboli begona emas. Afrikalik futbolchi soʻnggi yillarda Janubiy Koreyaning “Kvanju (2016-2018) va “Seongnam” (shu kunga qadar) jamoalarida toʻp tepgan.

    Yarim himoyachi 2011 yildan beri Nigeriya terma jamoasi aʼzosi sanaladi. Olivye Bonnes oʻz terma jamoasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

    Maʼlumot uchun:
    Olivye Arunaa Bonnes
    Tugʻilgan sana: 4 fevral 1990 yil
    Boʻyi: 187 sm
    Vazni: 73 kg
    Ampluasi: yarim himoyachi

    Oʻynagan jamoalari:
    “Nant V” – 2006-2011 (Fransiya)
    “Nant” - 2009-2011 (Fransiya)
    “Lill V” – 2011-2012 (Fransiya)
    “Bryusel” - 2012-2013 (Belgiya)
    “Vereya” – 2014-2015 (Bolgariya)
    “Lokomotiv Plovdiv” – 2015 (Bolgariya)
    “Montana” – 2016 (Bolgariya)
    “Kvanju” - (2016-2018) (Janubiy Koreya)
    “Seongnam” – 2018 - ... (Janubiy Koreya)

    » » “Qoʻqon-1912” Fransiyaning “Nant” klubida oʻynagan futbolchini safiga qoʻshib oldi