18:09 / 10.03.2019
3 613

Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi jahon chempionatida 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi jahon chempionatida 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi
AQSHning Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ogʻabek Nafasov ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi.

-55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nafasov dast koʻtarishda 102 toshni oʻziga boʻysundirib, bu borada ikkinchi natijani qayd etdi va dastlabki kumush medalni oʻziniki qildi.

Siltab koʻtarish bahslarida esa Nafasov 121 kg toshni koʻtarishga muvaffaq boʻldi va 3-natija egasi bilan bir xil natija koʻrsatdi. Ammo meksikalik sportchining vazni Ogʻabekdan yengilroq boʻlgani uchun oʻzbekistonlik sportchi bu borada toʻrtinchi oʻrinda qayd qilindi.

Ammo bu Ogʻabekning umumiy natijalar boʻyicha medallariga taʼsir qilmadi. Ikki kurash boʻyicha 223 kg jamgʻara olgan Nafasov yakunda ikkinchi natijani qayd etdi va ikkinchi kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Ogʻir atletika. Oʻsmirlar oʻrtasida JCH
Yigitlar, -55 kg:

1. Serxio Massidda (Italiya) – 228 kg
2. Ogʻabek Nafasov (Oʻzbekiston) – 223 kg
3. Xose Peralta (Meksika) – 217 kg

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi jahon chempionatida 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi