19:02 / 10.03.2019
7 317

“Dinamo” darvozaboni asr namozini oʻqiyotgani sabab maydonga kechroq tushirildi

“Dinamo” darvozaboni asr namozini oʻqiyotgani sabab maydonga kechroq tushirildi
“Asr qazo boʻlmasin, futbol kutib turadi: ”Dinamo" darvozaboni asr namozini oʻqiyotgani sabab zaxiradan kechroq tushdi.
“Dinamo” - “Nasaf” oʻyinida toʻxtalish boʻlganini koʻrdingiz. Shu sabab oʻyinga 8 daqiqa qushib berildi. Oʻyindan keyingi matbuot anjumanida buning sababi maʼlum boʻldi.

Davron Fayziyevning aytishicha, jarohatlangan Shohruh Eshboʻtayevning oʻrniga maydonga tushishi kerak boʻlgan ikkinchi darvozabon oʻsha vaqtda asr namozini oʻqiyotgan boʻlgan. Shu sabab Botirali oʻyinga kechroq tushdi".

Alloh taolo namozni oʻz vaqtida oʻqish haqida shunday marhamat qiladi: “Namozni toʻkis ado etinglar. Albatta, namoz moʻminlarga vaqtida farz qilingandir”. (“Niso” surasi,103 oyat) Biz ham shunday kuchli eʼtiqodli, namozxon futbolchilarimiz yana ham koʻpayishini Allohdan soʻrab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Dinamo” darvozaboni asr namozini oʻqiyotgani sabab maydonga kechroq tushirildi