“Arsenal” Londonda “Manchester Yunayted”ni magʻlub etdi (video)

  • 11 mart 2019, 09:27
  • 1 199
  • Sport
  • “Arsenal” Londonda “Manchester Yunayted”ni magʻlub etdi (video)
    Angliya chempionatining 30-turidan oʻrin olgan “Arsenal” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. “Emireyts” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

    Uchrashuvning 12-daqiqasida londonlilar hisobni ochishdi, Granit Jaka jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yoʻlladi, toʻpni David De Xea qaytara olmadi. Shundan soʻng tanaffusga qadar ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.

    Ikkinchi boʻlimda ham hujumkor oʻyinga guvoh boʻldik. Ikkinchi boʻlim oʻrtalariga kelib londonliklar penalti ishlab olishdi. Fred oʻz jarima maydoni ichida Aleksandr Lyakazettni qoʻpollik bilan toʻxtatib qoldi deb hisoblandi. 11 metrlik jarima zarbasini Pyer-Emerik Obameyang muvaffaqiyatli bajardi va jamoasining ikkinchi golini urdi.

    Shu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher APLdagi ilk magʻlubiyatini tan oldi. “Arsenal” ochkolarini 60 taga yetkazib oldi va “MYU”ni (58) ortda qoldirgan holda toʻrtinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

    APL, 30-tur
    Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (1:0, 1:0)
    Gollar:
    1:0 – 12 Jaka, 2:0 – 69, penalti Obameyang.
    Arsenal – Leno, Monreal, Kosyelni, Papastatopulos, Kolashinas, Remzi, Meytlend-Naylz, Djaka, Ozil (Ivobi, 77), Obameyang (Denis Suares, 80), Lyakazett (Nketia, 86).
    Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Smolling, Yang, Diogu Dalot (Marsyal, 71), Fred, Matich (Grinvud, 80), Pogba, Lindelef, Reshford, Lukaku.
    Ogohlantirishlar: Papastatopulos (38), Matich (68), Pogba (76), Kolashinas (90).

    » » “Arsenal” Londonda “Manchester Yunayted”ni magʻlub etdi (video)