“Humo arena” ochilishida Filipp Kirkorov va Dima Bilan qatnashadi

  • 12 mart 2019, 07:35
  • 1 130
  • Sport
  • “Humo arena” ochilishida Filipp Kirkorov va Dima Bilan qatnashadi
    Foto:“Olympic.uz”
    15 mart kuni Toshkentda “Humo” muz arenasining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bugun mazkur tadbir oldidan matbuot-anjumani oʻtkazildi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Tadbirda qatnashgan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovning aytishicha, “Humo arena”si universal sport inshooti boʻladi. Unda nafaqat xokkey balki, qishki sport turlaridan short-trek, figurali uchish, kyorling, konkida yugurish muz qoplama olib tashlansa, gandbol, basketbol, voleybol, dzyudo, ogʻir atletika, mini-futbol va shu kabi juda koʻplab sport musobaqalarini qabul qilish mumkin.

    “Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning oʻzida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh gʻoya sanʼat va sportni birgalikda uygʻunlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin oʻtmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs boʻyicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi”, – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

    “Humo arena”si asosiy va kichik maydonlarga ega boʻlib, katta musobaqalar uchun moʻljallangan qismi 12 500 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni boʻlib oʻtadi.

    » » “Humo arena” ochilishida Filipp Kirkorov va Dima Bilan qatnashadi