08:56 / 12.03.2019
3 731

Zinedin Zidan “Real”ga qaytdi

Zinedin Zidan “Real”ga qaytdi
“Real” klubi Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Klub rahbariyati Santyago Solarini klub bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqardi va Zinedin Zidan bilan 2022 yil yoziga qadar moʻljallangan shartnomani imzoladi.

Oʻz navbatida, Solari klub tizimida ishlashda davom etadi.

2001-2006 yillarda “Real” safida toʻp surgan fransuz futbolchilik faoliyatini yakunlagach, madridliklarning yoshlar jamoalarida ishlaydi. U 2016 yilning yanvarida birinchi marta madridliklar bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Oʻshanda u mavsum oxiriga qadar murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻlgandi. Mavsum yakunida jamoani YECHL gʻolibiga aylantirgach u bilan yangi shartnoma tuziladi va u keyingi ikki mavsumda ham “Real”ni boshqaradi. “Qirollik klubi” bilan keyingi ikki mavsumda ham Yevropaning eng nufuzli sovrinini qoʻlga kiritgan murabbiy 2018 yilning 31 mayida oʻz ixtiyori bilan isteʼfoga chiqqandi.

Oʻtgan yil yozida uning oʻrniga tayinlangan Xulen Lopetegi jamoada atigi 5 oy ishladi va oʻtgan yilning oktyabrida qoniqarsiz natijalar tufayli isteʼfoga chiqarildi. Uning isteʼfosidan soʻng Santyago Solari mavsum yakuniga qadar murabbiy sifatida tayinlangan edi, ammo bu murabbiy ham jamoa bilan jiddiy natijalarga erisha olmadi. Ayni vaqtda “Real” mavsumdagi barcha sovrinlar uchun kurashni tark etgan, avvaliga “Barselona” bu jamoani Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi, Ispaniya chempionatida ham kataloniyaliklar prinsipial raqibini 12 ochkoga ortda qoldirgan. Oʻtgan haftada esa “Real” YECHLning nimchorak finalida “Ayaks”ga qarshi Madridda kechgan uchrashuvda 1:4 hisobida magʻlub boʻldi va amsterdamliklar ikki uchrashuv natijasiga koʻra keyingi bosqichga yoʻl oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan “Real”ga qaytdi