09:00 / 12.03.2019
3 018

Xorxe Fossati: “Oʻz taktikamni oshkor qilmayman”

Xorxe Fossati: “Oʻz taktikamni oshkor qilmayman”
Saudiya Arabistonining “Al-Ahliy” klubi bosh murabbiyi Xorxe Fossati Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan “Paxtakor”ga qarshi oʻyindan oldin oʻtkazilgan matbuot anjumanida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Ertaga bizni juda qiziqarli oʻyin kutmoqda. «Paxtakor” juda kuchli klub, uni yaxshilab oʻrganib chiqdik. U mavsumni yaxshi boshladi, Erondan ochko bilan qaytdi. “Paxtakor” ancha yaxshi shakllangan jamoa. Ularga qarshi oʻynash oson boʻlmaydi. Ammo biz ham oʻz kuchimizga ishonamiz. Biz raqibdan kam emasmiz.

Oʻyinga tayyorgarlik koʻrish jarayonida ayrim futbolchilarga alohida eʼtibor qaratmaymiz. Balki, barcha futbolchiga qarshi tayyorgarlik koʻramiz. Biz butun jamoaning imkoniyatini oʻrganib chiqamiz, futbolchilarning hammasiga qarshi tayyorgarlik koʻramiz.

“Al-Ahliy”ni 1 oy oldin qabul qilib oldim. Bunga qadar chempionat va mamlakat Kubogida qatnashib kelayotgandik, mana shu 1 oy ichida 8ta oʻyin oʻtkazdik, yaʼni har 3-4 kunda 1ta oʻyindan. Endi Chempionlar Ligasida ham ishtirok etyapmiz. Men oʻz taktikamni va uslubimni bosqichma-bosqich joriy qilib boraman. 1 oy bu yetarli muddat emas. Bundan tashqari, oʻz taktikamni ochiq muhokama qilmayman», - dedi urugvaylik mutaxassis.

“Paxtakor” - “Al-Ahliy” oʻyini 12 mart kuni soat 18:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorxe Fossati: “Oʻz taktikamni oshkor qilmayman”