14:36 / 12.03.2019
3 517

Nima uchun Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlari yaxshi rivojlanmayapti?

Nima uchun Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlari yaxshi rivojlanmayapti?
Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlarining sekin rivojlanayotganiga zarur mutaxassislarning yetishmasligi sabab boʻlmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Kun.uz muxbirining nima uchun Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlari yaxshi rivojlanmayotgani, xalqaro maydondagi gʻalabalar esa asosan yakka sport turlari boʻyicha ekanligiga doir savoliga shunday bayonot berdi.

“Darhaqiqat, Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlari rivojlanishi sekin kechmoqda. Ochigʻini aytadigan boʻlsak, bu - bizni ham juda oʻylantiradigan muammo. Jamoaviy sport turlari boʻyicha sekin rivojlanishimizning asosiy sababi - mutaxassislarning yetishmasligi. Haqiqatan, bizda jamoaviy yondashuv, taktika, strategiyaga oid bilimlarga ega boʻlgan mutaxassislar yetarli emas. Bugungi kunda yurtboshimizning topshiriqlariga asosan sportni rivojlantirish boʻyicha juda katta qadamlar tashlayapmiz”, - dedi vazir.

Dilmurod Nabiyevning soʻzlariga koʻra, 2019-2020 yilgi oʻquv yilidan boshlab Samarqand shahrida Rossiya Jismoniy tarbiya va sport universitetining filiali ochiladi. Mazkur oʻquv yilidan 150 nafar talabani qabul qilish rejasini belgilangan. U yerda aynan jamoaviy sport turlari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yoʻnalish ham boʻladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Rossiya, Belarus, Xitoy davlatlari bilan birgalikda mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishni belgilab olgan. RF bilan birgalikda jamoaviy sport turlari, yengil atletika sport turlari boʻyicha mutaxassis tayyorlansa, Belarus bilan, masalan, qishki sport turlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Xitoy bilan sport psixologiyasi va sport menejmenti boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Yaqindagina Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyga borib, Shanxay sport universiteti va Pekin sport universiteti bilan shartnoma imzolagani taʼkidlandi.

“Filial ochib qoʻyish mumkin, lekin bu yerda mutaxassis boʻlmasa, baribir ish yurishmaydi, shuning uchun ochgandan ochmagan yaxshi. Hozirdan to sentabr oyigacha mavjud mutaxassislarimizning malakasini oshirib, tayyorlab, auditoriyaga kirib dars oʻtadigan darajaga olib kelish kerak. Shu bilan birga, u yerdagi mutaxassislarning Oʻzbekistonga kelib, bu yerda bilim berishlarini yoʻlga qoʻyishga doir ishlarni olib boryapmiz”, - qoʻshimcha qiladi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nima uchun Oʻzbekistonda jamoaviy sport turlari yaxshi rivojlanmayapti?