15:23 / 12.03.2019
3 600

“Yuventus” bugun “Atletiko” bilan chorak final yoʻlllanmasi uchun jang qiladi

“Yuventus” bugun “Atletiko” bilan chorak final yoʻlllanmasi uchun jang qiladi
12 mart, seshanba kuni futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Xosep Gvardiola qoʻl ostidagi “Manchester Siti” klubi “Ittihod” stadionida Germaniyaning “Shalke-04” jamoasini qabul qildi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqaning dastlabki bellashuvida “shaharliklar” safarda “Shalke-04”ni qiyinchilik bilan magʻlub etgandi (3:2).

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi oʻz maydonida Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Ikkala oʻyin ham Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da start oladi.

Maʼlumot uchun, “keksa sinyora” dastlabki bahsda oʻz darvozasidan javobsiz 2 ta toʻp olib chiqib, magʻlubiyatga uchragandi (0:2).

YECHL
12 mart, seshanba
1/8 final bahslari

“Manchester Siti”—“Shalke-04” 01:00
“Yuventus”—“Atletiko Madrid” 01:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus” bugun “Atletiko” bilan chorak final yoʻlllanmasi uchun jang qiladi