12:53 / 12.03.2019
3 404

Peres: “Dunyoning eng yaxshi murabbiyi «Real”ga qaytdi»

Peres: “Dunyoning eng yaxshi murabbiyi «Real”ga qaytdi»
Marca xabariga koʻra, Zidan rahbariyat oldiga 6 ta shart qoʻygan va ularning soʻzsiz bajarilishini talab qilgan:
- Jamoani toʻliq nazorat qilish;
- Uslubiga mos boʻlmagan futbolchilarni sotib yuborish;
- Marselo va Iskoni tarkibda saqlab qolish;
- Neymar transferidan voz kechish;
- Xames Rodrigesni orqaga qaytarmaslik;
- Mbappe transferini amalga oshirishga urinib koʻrish.

Peres bu shartlarga koʻnganidan soʻng, Zidan shartnomani imzolagan.

“Real” prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni jamoaga qaytarilgani borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Bizda ajoyib tarkib shakllangan, ammo biz koʻp yillik gʻalabalardan soʻng kutilgan natijaga erisha olmadik.

Endi yuqori darajamizni tiklash, yana bir gʻalabalar davrini topish uchun ishlashni boshlashimiz kerak. Shuning uchun Zinedin Zidanni biz yana tanishtirmoqdamiz. Biz besh kun avval uyga qaytishini soʻraganimizda, u jamoaga sodiqligini isbotladi.

Dunyoning eng yaxshi murabbiyi “Real”ga qaytdi va barcha muxlislar Zidan biz bilan birga ekanligidan faxrlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peres: “Dunyoning eng yaxshi murabbiyi «Real”ga qaytdi»