09:13 / 13.03.2019
4 213

Ronalduning uchta goli “Yuventus”ni chorak finalga olib chiqdi (video)

Ronalduning uchta goli “Yuventus”ni chorak finalga olib chiqdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Atletiko” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium”da boʻlib oʻtgan oʻyinda mezbonlar yirik gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuv kutilganidek turinliklarning qator hujumlari bilan boshlandi, maydon egalari 5-daqiqada hisobni ochishgandi. Biroq hakam hujum paytida qoida buzilganini qayd etib, golni bekor qildi.

Mezbonlarning ketma-ket urinishlari 27-daqiqada oʻz samarasini berdi. Krishtianu Ronaldu jarima maydoniga uzatilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi.

Madridliklar boʻlim soʻnggiga borib biroz jonlanishdi va toʻp nazoratini qoʻlga olishga urinishdi. Biroq raqib darvozasi oldida aytarli vaziyat yarata olmadilar.

Ikkinchi boʻlimda ham ustunlik “Yuve” tomonida boʻldi. Turinliklar tezkor gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Ronaldu yana ikkinchi qavatda birinchi boʻldi va darvozani ishgʻol qildi.

Goldan soʻng Allegri shogirdlari bosimni oshirishdi, biroq uchinchi golni urishga qiynalishdi. Oʻyin yakunlanishi arafasida Federiko Bernarderski himoyachilarni ortda qoldirgan holda jarima maydoniga yorib kirdi, uni himoyachilar qoʻpollik bilan toʻxtatib qolishdi. Natijada belgilangan penaltini Ronaldu aniq bajarib, xet-trikni nishonladi.

Qolgan daqiqalarda mehmonlar xarchand urinishmasin hisobni yoʻqqa chiqara olishmadi.
Shu tariqa, “Yuventus” birinchi oʻyindagi natijani yoʻqqa chiqarib, chorak finalga yoʻl oldi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
Yuventus Italiya – Atletiko Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 27 Ronaldu, 2:0 – 49 Ronaldu, 3:0 – 86, penalti Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Kyellini, Bonuchchi, Joau Kanselu, Djan, Spinassola (Dibala, 67), Matyuidi, Pyanich, Bernardeski, Mandjukich (Kin, 80), Ronaldu.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Xuanfran, Aryas (Vitolo, 77), Godin, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Lemar (Korrea, 57), Morata, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (64), Xuanfran (73), Ximenes (86), Vitolo (90).
Ilk oʻyin – 0:2

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning uchta goli “Yuventus”ni chorak finalga olib chiqdi (video)