12:23 / 13.03.2019
4 116

Jangga 3 kun qolganda Bahodir Jalolovning raqibi oʻzgardi

Jangga 3 kun qolganda Bahodir Jalolovning raqibi oʻzgardi
Professional boksning oʻta ogʻir vazn (+90,7 kg) toifasi vakili oʻzbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta gʻalaba, 4 ta nokaut) 15 mart kuni AQSHda oʻzining beshinchi jangini oʻtkazishi kerak edi. Ammo jangga uch kun qolganda Bahodirning raqibi oʻzgardi.

Aslida Jalolov kolumbiyalik Santander Silgadoga (28 ta gʻalaba, 6 ta magʻlubiyat) qarshi oʻtkazishi kerak edi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonlik bokschi endi amerikalik bokschi Villi Harveyga qarshi ringga koʻtariladi. Jang Kaliforniya shtatining Tastin shahrida oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir 2018 yilning 9 dekabrida amerikalik Valentin Markesga qarshi ringga koʻtarilib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Maʼlumot uchun, Harvey 5 marotaba jang oʻtkazib, ularning 3 tasida gʻolib boʻlgan (3 ta nokaut). 1 marta magʻlub boʻlgan va yana 1 marta durangga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jangga 3 kun qolganda Bahodir Jalolovning raqibi oʻzgardi