14:43 / 13.03.2019
6 222

Peres Zidanga nimalarni vaʼda qilgani maʼlum boʻldi

Peres Zidanga nimalarni vaʼda qilgani maʼlum boʻldi
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoaga qaytgan bosh murabbiy Zinedin Zidanga 3ta narsaga vaʼda berdi.

AS nashri tarqatgan xabarga koʻra Peres Zidanga mavsumlar oraligʻida xuddi 2009 yilda boʻlgani kabi Krishtianu Ronaldu darajasidagi 3ta futbolchi sotib olinishiga vaʼda bergan.

Bundan tashqari u fransiyalik mutaxassisning har qanday qarorini qoʻllab-quvvatlashini ham aytgan.

Peres shuningdek Zidanga xuddi Xosep Gvardiola va Diyego Simeone kabi top darajadagi murabbiylar oladigan maosh toʻlanishini ham vaʼda qilgan. Endi Zidanning “Real”dagi yillik maoshi 16 million yevroni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peres Zidanga nimalarni vaʼda qilgani maʼlum boʻldi