15:19 / 13.03.2019
3 908

14 mart kuni Ektor Kuper bilan matbuot anjumani boʻladi

14 mart kuni Ektor Kuper bilan matbuot anjumani boʻladi
Foto: MOQ
Joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “China Cup” musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqaga joʻnab ketish oldidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.

Mazkur tadbir ertaga, 14 mart kuni soat 15:00 da OʻFA anjumanlar zalida boshlanadi. Anjumanda “China Cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining tarkibi eʼlon qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, “China Cup” musobaqasi 21—25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat boʻladi.

21—22 mart kunlari dastlabki oʻyinlar boʻlib oʻtsa, 25 mart kuni 3-oʻrin uchun bahs hamda final uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

China Cup

21 mart, payshanba
Xitoy—Tailand

22 mart, juma
Oʻzbekiston—Urugvay

25 mart
3-oʻrin uchun bahs

25 mart
Final

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 14 mart kuni Ektor Kuper bilan matbuot anjumani boʻladi