17:16 / 13.03.2019
4 301

Pro-Ligada ishtirok etadigan jamoalar nomi eʼlon qilindi

Pro-Ligada ishtirok etadigan jamoalar nomi eʼlon qilindi
2019 yildan Pro-Liga yana ikki guruhga ajratiladi. A guruhi ishtirokchilari Superliga yoʻllanmasi uchun kurash olib boradi. V guruhi ishtirokchilari A guruhi yoʻllanmasi uchun bellashadi.

PFL bir jamoaga Pro-Liga A guruhiga imtiyozli yoʻllanma taqdim qilish maqsadida, PFL Kubogini oʻtkazadi. Musobaqada gʻolib chiqqan klub A guruhi ishtirokchilariga qoʻyilgan talablarni bajarmasa-da, 2019 yilgi mavsumni Pro-Liga A guruhida oʻtkazadi.

Pro-Liga V guruhida esa PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.

Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishing.

Pro-Liga A guruhi ishtirokchilari jami 8 ta: “Mashʼal”, “Neftchi”, “Shoʻrtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm”, “Orol” va PFL Kubogi gʻolibi. Ular 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yoʻllanmasi uchun kurash olib borishadi.

PFL Kubogi ishtirokchilari soni 8 ta: “Lokomotiv-BFK”, “Gʻijduvon”, “Zomin”, “Iftixor”, “Oq-tepa”, “Yangiyer” va konkursdan tashqari 2ta jamoa - “Bunyodkor-2” va “Rubin”. Yaʼni, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. Gʻolib Pro-Liga A guruhi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Qolgan 7 jamoa V guruhiga yoʻl oladi. Oʻyinlar olimpiya tizimida oʻtkaziladi.

Pro-Liga V guruhi ishtirokchilari jami 14 ta: “Andijon-2”, “Rash-Milk”, “Zarbuloq”, “Ittifoq-Navoiy”, “R.Madaminov”, “Turon”. “Zarangar” va “Ittifoq-Buxoro” oʻzaro pley-off oʻyinini oʻtkazadi. Gʻolib V guruhdan joy oladi. Yana 7 ta jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari boʻladi.

V guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.

Pro-Ligada oʻyinlar haftaning chorshanba va payshanba kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pro-Ligada ishtirok etadigan jamoalar nomi eʼlon qilindi