08:54 / 14.03.2019
3 428

“Liverpul” safarda “Bavariya”ni 3:1 hisobida magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi (video)

“Liverpul” safarda “Bavariya”ni 3:1 hisobida magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan “Bavariya” – “Liverpul” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Arena”da kechgan bahsda mehmonlarning qoʻli baland keldi.

Uchrashuv mezbonlarning faolligida boshlandi, inglizlar esa oʻz omadlarini qarshi hujumdan qidirishdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida mehmonlarning sanoqli hujumlaridan biri golga aylandi. Manuel Noyerning xatosidan soʻng Sadio Mane darvozani ishgʻol qildi.

Shundan soʻng myunxenliklar raqib darvozasi oldida bosimni oshirishdi va bu 39-daqiqiqaga kelib oʻz samarasini berdi. Oʻng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Serj Gnabri toʻpni darvozabon maydonchasiga uzatdi, u yerda Joel Matip oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

Ikkinchi boʻlim teng kurashlar ostida boshlandi, mersisaydlar birinchi boʻlimdan farqli oʻlaroq hujumda koʻproq harakat qilishdi. 69-daqiqada mehmonlar yana bir gol urishdi, Jeyms Milnerning burchakdan uzatgan toʻpini Virjil van Deyk boshi bilan Noyer darvozasiga joylab qoʻydi.

Goldan soʻng “Liverpul”da yana bir nechta qulay imkoniyatlar boʻldi va ularning biri 84-daqiqada oʻz samarasini berdi. Muhammad Salohning uzatib bergan toʻpini Mane boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi.

Shu tariqa, ikki oʻyin natijasiga koʻra “Liverpul” chorak finalga yoʻl oldi va chorak finalda oʻynaydigan toʻrtinchi ingliz klubi boʻldi.

Chempionlar ligasi
1/8 final, javob bahsi
Bavariya Germaniya – Liverpul Angliya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar:
0:1 – 26 Mane, 1:1 – 39, avtogol Matip, 1:2 – 69 van Deyk, 1:3 – 84 Mane.
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Rafinya, Xummels, Martines (Goretska, 72), Alkantara, Xames (Sanshesh, 79), Gnabri, Riberi (Koman, 61), Levandovski.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner (Lallana, 87), Xenderson (Fabino, 13), Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Origi, 83).
Ogohlantirishlar: Fabino (43), Matip (63), Alkantara (65), Sanshesh (83).
Ilk oʻyin – 0:0

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” safarda “Bavariya”ni 3:1 hisobida magʻlub etib chorak finalga yoʻl oldi (video)