19:45 / 14.03.2019
5 505

Yevropa Chempionlar Ligasining barcha 1/4 finalchilari maʼlum boʻldi

Yevropa Chempionlar Ligasining barcha 1/4 finalchilari maʼlum boʻldi
13 mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining soʻnggi 2 ta javob uchrashuvidan soʻng chorak final ishtirokchilari nomi maʼlum boʻldi.

“Barselona” oʻz maydonida “Lion”ni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi, dastlabki oʻyin durang natija bilan yakunlangandi (0:0). Natijada kataloniyaliklar musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.

Angliyaning “Liverpul” jamoasi ham 1/4 final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jamoa Myunxenda boʻlib oʻtgan bellashuvda “Bavariya” ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlabki oʻyinda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolingandi (0:0).

Quyida Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finaliga yoʻl olgan jamoalar nomi keltiriladi:
“Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenhem” (barchasi Angliya klublari), “Yuventus” (Italiya), “Barselona” (Ispaniya), “Portu” (Portugaliya), “Ayaks” (Niderlandiya).

Maʼlumot uchun, 15 mart, juma kuni musobaqaning 1/4 finali juftliklarini aniqlash uchun qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasining barcha 1/4 finalchilari maʼlum boʻldi