Oʻzbekiston MTJ Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin

  • 14 mart 2019, 23:23
  • 1 164
  • Sport
  • Oʻzbekiston MTJ Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin
    Oʻzbekiston milliy jamoasi yozda Qirgʻizistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin. Bu haqida taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi sahifasi orqali maʼlumot berib oʻtdi.

    Qirgʻiziston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dastan Konokbayev ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intevyusida iyun oyida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston milliy jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazilishi mumkinligini aytib oʻtgan edi.

    Eslatib oʻtamiz, hozircha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan milliy jamoaning iyun oyidagi FIFA kunlari uchun rejasi maʼlum qilinmagan.

    » » Oʻzbekiston MTJ Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi mumkin