09:00 / 15.03.2019
3 023

Allegri tanqidchilarga: “Men yana nima qilishim kerak?”

Allegri tanqidchilarga: “Men yana nima qilishim kerak?”
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida “Atletiko” ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin oʻz tanqidchilariga javob berdi.

«Biz ideal oʻyin namoyish qilmadik, lekin diqqatni yoʻqotmadik. Ushbu oʻyinga juda ham boshqacha yondoshishimiz mumkin edi, chunki kambek haqida gaplar koʻp boʻldi. Masalani hal etish uchun 95 daqiqa vaqtimiz bor edi. Biz buning uddasidan chiqdik, jamoa tabriklarga haqli.

Ronaldu uchun chempionlar ligasini bittagina gol bilan yakunlash juda ham gʻalati boʻlar edi. U ajoyib oʻyin namoyish qildi, barcha yigitlar muxlislar singari oʻzlarining hissalarini qoʻshishdi.

Tanqidlar – mening muammom emas. Bu ularning muammosi. Men yana nima qilishim kerak? Besh yil ichida biz toʻrt marotaba skudettoni qoʻlga kiritdik, ikki marotaba YECHL finaliga yetdik, toʻrt marta Italiya kubogida gʻolib boʻldik.

Men yana nima qilishim kerak? Har qanday vaziyatda ham tanqid oʻrganishga xizmat qiladi va men uchun ham bu juda qizik», - deydi Allegri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri tanqidchilarga: “Men yana nima qilishim kerak?”