Mourinyu Zidanning “Real”ga qaytganiga munosabat bildirdi

  • 15 mart 2019, 09:30
  • 1 780
  • Sport
  • Mourinyu Zidanning “Real”ga qaytganiga munosabat bildirdi
    “Real” klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu Zinedin Zidanning madridliklar boshqaruviga qayta tayinlaniga munosabat bildirdi.

    «Yoʻq, albatta, mening jahlim chiqqani yoʻq.
    Meni qaytarish borasida biror marta ham muzokara oʻtkazishgani yoʻq. Oʻylashimcha, Zidanni ortga qaytarish - bu ideal qaror.
    Zidan bir necha yil ichida klubda ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Shunday ekan, bu uning uchun ham, klub uchun ham toʻgʻri qaror.

    Endi unda yangi loyiha boʻladi, u barchasini noldan boshlashi va oʻzining iqtidorini barchaga isbotlab qoʻyishi mumkin. Shunday ekan, men unga muvaffaqiyatlar tilayman», – deydi Mourinyu.

    » » Mourinyu Zidanning “Real”ga qaytganiga munosabat bildirdi