10:03 / 15.03.2019
3 178

YEL 1/8 final. “Inter” va “Sevilya” musobaqani tark etdi, “Arsenal”, “Chelsi” keyingi bosqichda (video)

YEL 1/8 final. “Inter” va “Sevilya” musobaqani tark etdi, “Arsenal”, “Chelsi” keyingi bosqichda (video)
Yevropa Ligasi musobaqasining 1/8 final javob bahsidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar oʻz nihoyasiga yetdi.

“Sevilya” safarda “Slaviya” bilan oʻynadi. Bu oʻyinning asosiy vaqti ham 2:2 hisobi bilan yakun topdi. Qoʻshimcha boʻlilarda esa yana uchta gol guvohiga aylandik. Oʻyin yakunlanishi arafasida kiritilgan gol chexlarni keyingi bosqichga olib chiqdi.

“Inter” oʻzida “Ayntraxt”ni qabul qildi. 5-daqiqada Luka Yovich tomonidan kiritilgan gol oʻyin taqdirini hal qildi va nemislarni keyinig bosqchiga olib chiqdi.

“Benfika” oʻzida Zagrebning “Dinamo”sini qabul qildi. Asosiy vaqt 1:0 hisobi bilan yakun topgach qoʻshimcha boʻlimlar tayinlandi, unda portugallar yana ikkita gol urib, chorak finalga yoʻl olishdi.

“Arsenal” oʻzida “Renn”ni qabul qildi. Londonliklar safida Pyer-Emerik Obameyang dubl qayd etgan boʻlsa yana bir golga Meytlend-Naylz muallif boʻldi. Shu tariqa, “Arsenal” ikki oʻyin natijasiga koʻra chorak final yoʻllanmasini hal qildi.

“Chelsi” safarda “Dinamo” Kiyev bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Londonliklar safida Olivye Jiru xet-trik qayd etgan boʻlsa, Marko Alonso va Xadson-Odoilar bir martadan raqib darvozasini ishgʻol qilishdi.

“Napoli” ham safarda “Red Bull” bilan oʻynadi. Arkadiush Milikning goliga mezbonlar uchta toʻp bilan javob brishdi. Biroq ilk oʻyindagi yirik gʻalaba tufayli neapolliklar keyingi bosqichga yoʻl olishdi.

“Krasnodar” oʻz uyida “Valensiya” bilan kuch sinashdi. 85-daqiqada Magomed-Shapi Suleymanov ruslarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtda Gonsalu Gedesh muvozanatni tikladi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Yevropa Ligasi
1/8 final, javob bahsi
Slaviya Chexiya – Sevilya Ispaniya 4:3 (1:1, 1:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 14 Ngade-Ngadjui, 1:1 – 44, penalti Ben-Yedder, 2:1 – 46, penalti Souchek, 2:2 – 54 Munir, 2:3 – 98 Vaskes, 3:3 – 102 van Buren, 4:3 – 119 Traore.
Slaviya – Kolarj, Deli, Borjil, Kudela, Ngade-Ngadjui, Souchek, Kral (Fridrix, 105), Traore, Masopust (Zmrgal, 90), Stox (van Buren, 93), Shkoda (Olayinka, 77).
Sevilya – Vaslik, Kyer, Karrisu, Gomes, Mesa (Gonalon, 74), Navas, Sarabiya (Andre Silva, 80), Banega, Promes, Munir (Vaskes, 90), Ben-Yedder (Rog, 104).
Ogohlantirishlar: Kolarj (43), Kral (67), Olayinka (88), Vaskes (98), Souchek (111).
Ilk oʻyin: 2:2.

Inter Italiya – Ayntraxt F Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 5 Yovich.
Inter – Xandanovich, Soaresh (Ranokkiya, 62), Shkrinyar, de Vrey, DʻAmbrozio, Kandreva, Valero (Espozito, 73), Politano (Merola, 80), Vesino, Keyta Balde, Perishich.
Ayntraxt F – Trapp, Villems (Shtendera, 73), Xinteregger, Ndika, da Koshta, Kostich, Xasebe, Rode (Gonsalu Pasiyensiya, 89), Gachinovich (de Guzman, 59), Aller, Yovich.
Ogohlantirishlar: DʻAmbrozio (20), Valero (52), Aller (57), Rode (63), Gonsalu Pasiyensiya (90), Shkrinyar (90).
Ilk oʻyin: 0:0.


Benfika Portugaliya – Dinamo Zagreb Xorvatiya 3:0 (0:0, 1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 71 Jonas, 2:0 – 94 Fransishku Ferreyra, 3:0 – 105 Grimaldo.
Benfika – Vlaxodimos, Diash, Yuri Ribeyru (Grimaldo, 46), Andre Almeyda, Fransishku Ferreyra, Rafa Silva, Pissi (Jedson Fernandesh, 119), Jivkovich (Jonas, 46), Pires, Joau Filipe (Joau Felish, 62), Feysa.
Dinamo Zagreb – Livakovich, Teofil-Katrin, Rraxmani, Stoyanovich, Dilaver, Goyak (Atyemven, 98), Moro, Olmo, Kondzer (Shitum, 75), Orshich (Perich, 109), Petkovich (Gavranovich, 86).
Ogohlantirishlar: Moro (14), Petkovich (45), Jonas (66), Joau Felish (74), Grimaldo (90), Stoyanovich (103), Teofil-Katrin (110), Pires (114).
Chetlatish: Stoyanovich (104).
Ilk oʻyin: 0:1.


Arsenal Angliya – Renn Fransiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 5 Obameyang, 2:0 – 15 Meytlend-Naylz, 3:0 – 72 Obameyang.
Arsenal – Chex, Kosyelni, Kolashinas, Mustafi, Monreal, Meytlend-Naylz, Djaka, Remzi (Torreyra, 87), Ozil (Mxitaryan, 70), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 70).
Renn – Koubek, Da Silva, Bensebayni, Traore, Mesher, Ben-Arfa, Andre (Lea Siliki, 79), Burigo, Grenye (Yunu, 70), Sarr, Nyang.
Ogohlantirishlar: Mesher (18), Lyakazett (31), Grenye (55), Obameyang (73), Mxitaryan (77), Burigo (81), Kolashinas (90), Traore (90).
Ilk oʻyin 1:3.


Dinamo Kiyev Ukraina – Chelsi Angliya 0:5 (0:3, 0:2)
Gollar:
0:1 – 5 Jiru, 0:2 – 33 Jiru, 0:3 – 45 Alonso, 0:4 – 59 Jiru, 0:5 – 78 Xadson-Odoi.
Dinamo Kiyev – Boyko, Kadar, Burda, Mikolenko, Sidkley (Smirnыy, 81), Sidorchuk (Che-Che, 65), Shepelev (Andriyevskiy, 87), Garmash, Sыgankov, Shaparenko, Kendzera.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Dzappakosta (Aspilikueta, 69), Kristensen, Loftus-Chik, Kovachich, Villian (Pedro, 74), Kante (Jorjino, 65), Xadson-Odoi, Jiru.
Ogohlantirishlar: Mikolenko (61), Aspilikueta (73).
Ilk oʻyin: 0:3.


Red Bull Avstriya – Napoli Italiya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 14 Milik, 1:1 – 25 Dabur, 2:1 – 65 Gulbrandsen, 3:1 – 90 Lyaytgeb.
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Ongene, Soboslai (Lyaytgeb, 74), Samasseku, Volf, Mvepu (Gulbrandsen, 59), Minamino (Xoland, 86), Dabur.
Napoli – Meret, Kirikesh (Malkyui, 78), Mariu Ruy, Xyusay, Luperto, Fabian Ruis, Allan, Zelinski (Diavara, 74), Kalyexon, Mertens (Yunes, 88), Milik.
Ogohlantirishlar: Ongene (42), Milik (44), Samasseku (56).
Ilk oʻyin: 0:3.


Krasnodar Rossiya – Valensiya Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 85 Suleymanov, 1:1 – 90 Gedesh.
Krasnodar – Safonov, Spayich, Ramires, Foluson, Petrov (Suleymanov, 75), Pereyra (Taranov, 90), Gazinskiy, Vanderson, Olsson, Klasson, Ari (Stoskiy, 30).
Valensiya – Neto, Gayya, Diakabi, Gabriel, Soler (Gameyro, 88), Vass, Cherыshev, Kondogbia, Koklen, Sobrino (Rodrigo, 58), Santi Mina (Gedesh, 70).
Ogohlantirishlar: Kondogbia (15), Pereyra (29), Soler (75), Gazinskiy (78), Gedesh (90), Gameyro (90).
Ilk oʻyin: 1:2


Vilyarreal Ispaniya – Zenit Rossiya 2:1
Gollar:
1:0 – 29 Moreno, 2:0 – 47 Bakka, 2:1 – 90 Ivanovich.
Vilyarreal – Fernandes, Alvaro Gonsales, Funes Mori (Migelon, 77), Kosta, Ruis, Fornals, Iborra (Kasorla, 71), Kaseres (Morlanes, 46), Mario Gaspar, Bakka, Moreno.
Zenit – Lunev (Kerjakov, 64), Ivanovich, Rakiskiy, Smolnikov, Mammana, Ernani, Barrios (Kranevitter, 46), Ozdoyev, Shatov, Driussi, Azmun (Mak, 71).
Ogohlantirish: Ruis (52), Shatov (56), Kosta (82).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YEL 1/8 final. “Inter” va “Sevilya” musobaqani tark etdi, “Arsenal”, “Chelsi” keyingi bosqichda (video)