19:43 / 15.03.2019
3 953

Nikimbayev: “Usmonovning obroʻsi OʻFFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan”

Nikimbayev: “Usmonovning obroʻsi OʻFFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan”
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev oʻz Telegram kanalida bugun, 15 mart kuni olamdan koʻz yumgan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov haqida post qoldirdi.

"Bugun Oʻzbekiston sport olami eng katta yoʻqotishni boshdan kechirdi. Mustaqil Oʻzbekiston tarixida Oʻzbekiston futbol federatsiyasini boshqalardan uzoqroq (deyarli 12 yil) boshqargan, 2013-2017 yillarda milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti boʻlgan Mirabror Usmonov 72 yoshida olamdan koʻz yumdi.

Usmonov davrida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari besh marotaba jahon chempionatida ishtirok etishdi, mamlakatimiz besh marta Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi va Riodagi Olimpiadada rekord miqdorida medallar qoʻlga kiritildi.

Usmonov tufayli sport, xususan futbolga hukumat tomonidan katta mablagʻ ajratildi va bu sport rivojiga taʼsir koʻrsatdi. Oʻnlab stadionlar qurildi va rekonstruksiya qilindi. Usmonovning obroʻsi Oʻzbekiston futbol federatsiyasini mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqladi. Mirabror Zufarovich davrida bizning sport tashkilotlar misli koʻrilmagan xalqaro obroʻga ega boʻldi. U xalqaro sport tashkilotlarining boshqaruv organlarida juda koʻp joylarga erishganidan bu oʻrinlar uchun mamlakatimizda mutaxassislar yetishmay qoldi.

Mirabror Zufarovich sportda rahbarlik plankasini shunchalik yuqori koʻtardiki, uni oʻsha balandlikda ushlab qolishning iloji yoʻq edi.

2006-2011 yillarda Usmonov qoʻl ostida ishlashga muvaffaq boʻlganman, OFKga oʻtganimda u bilan turli masalalarda bogʻlanib turardim. Mirabror Zufarovich haqiqatdan ham tashkilot ofisida ishlagan federatsiyaning birinchi prezidentiga aylandi, u qattiqqoʻl boʻlgan, ammo qoʻl ostidagilarning haqligini tan olib, kerak boʻlsa qarorini oʻzgartira olgan.

Qiziq maʼlumot: OʻFF prezidentiga aylangan Usmonov ishining ilk 12 oyida hech kimni ishdan boʻshatmagan. U har bir xodim bilan shaxsan tanishishni va ularning sifatlari borasida oʻz xulosasini chiqarishni istagan.

Joyingiz jannatda boʻlsin, Mirabror Zufarovich" - deb yozadi Nikimbayev oʻzining Telegram kanalida.

Manba: t.me/ANikimbaev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nikimbayev: “Usmonovning obroʻsi OʻFFni mahalliy rahbarlarning aralashuvidan saqlagan”