09:48 / 16.03.2019
3 836

“Oltin toʻp” sohibi Xitoy terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi

“Oltin toʻp” sohibi Xitoy terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi
Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro Xitoy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

BBCʻning xabariga koʻra, hozirda “Guanchjou Evergrand” bosh murabbiyi hisoblangan Kannavaro terma jamoa boshqaruvini klub bilan birgalikda olib boradi.

45 yoshli mutaxassis Marchello Lippining oʻrnini egalladi. Lippi Osiyo kubogi-2019dagi qoniqarsiz natijadan soʻng isteʼfoga chiqarilgan edi. Xabar berilishicha, Fabio Kannavaroga Marchello Lippi maslahatchi murabbiy sifatida yordam beradi.

Xitoy terma jamoasi Kannavaro qoʻl ostida ilk uchrashuvini 21 mart kuni Tayland termasiga qarshi oʻtkazadi. “Oltin toʻp” sohibi 2017 yildan boshlab “Guanchjou Evergrand”ni boshqarib kelmoqda. Xitoy klubi Fabio Kannavaro murabbiyligida 2016/17 mavsum Xitoy liga kubogida chempion boʻlgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Oltin toʻp” sohibi Xitoy terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi