13:50 / 16.03.2019
3 291

KXLda Oʻzbekiston klubi paydo boʻlishi mumkin

KXLda Oʻzbekiston klubi paydo boʻlishi mumkin
Kontinental xokkey ligasida yangi ishtirokchi paydo boʻlishi mumkin - Oʻzbekiston klubi. Bu 2022 yilgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin sodir boʻladi. Avvaliga, klub Yuqori xokkey ligasi (VXL)da debyut qiladi. Bu haqda KXL vitse-prezidenti Vitaliy Proxorov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

“Hozircha bizda Oʻzbekistonda VXL jamoasini tashkil etish rejalari bor, u kelasi mavsumdayoq ligaga qoʻshiladi, - deya Proxorovning soʻzlarini keltirgan Chempionat.com. - Klub tajriba orttirishi kerak, keyinchalik esa - Pekin Olimpiadasidan soʻng, KXL tarkibiga kirishi mumkin”.

Uning bildirishicha, KXLda rivojlanish strategiyasi mavjud va nazariy jihatdan Markaziy Osiyo divizionida “Kunlun”, “Baris”, Koreya, Yaponiya hamda Xitoy jamoalari, shuningdek, Uzoq Sharqdan klublar ishtirok etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » KXLda Oʻzbekiston klubi paydo boʻlishi mumkin