11:27 / 17.03.2019
2 857

Angliya Kubogi 1/4 final. “Suonsi” - “Manchester Siti” 2:3 (video)

Angliya Kubogi 1/4 final. “Suonsi” - “Manchester Siti” 2:3 (video)
Angliya Kubogining chorak finalidan oʻrin olgan “Suonsi” – “Manchester Siti” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Liberti Stedium”da kechgan bahsda mehmonlar irodali gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Oʻyin teng kurashlar ostida boshlangan boʻlsada birinchi boʻlib gol urish mezbonlarga nasib etdi. 20-daqiqada Graymz penaltini aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan koʻp oʻtmay Selina hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.

Ikkinchi boʻlimda mankunianlar bosimni kuchaytirishdi va bir nechta oʻzgarishlarni amalga oshirishdi. 69-daqiqada Bernardu Silva hisobni qisqartirgan boʻlsa, 78-daqiqada mehmonlar penaltini golga aylantirishdi. Serxio Agueroning 11 metrdan yoʻllagan zarbasi raqib posboniga tegib darvozadan joy oldi.

88-daqiqada Aguero qanotdan uzatilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab qoʻydi va jamoasiga muhim gʻalabani olib keldi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” dramatik ruhda kechgan bahsda qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi va yarim finalga yoʻl oldi.

Angliya Kubogi
¼ final
Suonsi – Manchester Siti 2:3 (2:0, 0:3)
Gollar:
1:0 – 20, penalti Graymz, 2:0 – 29 Selina, 2:1 – 69 Bernardu Silva, 2:2 – 78, avtogol Nordfeldt, 2:3 – 88 Aguero.
Suonsi – Nordfeldt, Roberts, Karter-Vikers, van der Xorn, Djeyms, Dayer (Asoro, 61), Rautledj, Bayers (Djon, 73), Selina, Fulton (Xarris, 86), Graymz.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva, Gyundogan, Marez (Aguero, 64), Bernardu Silva, Sane (Zinchenko, 57), Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Laport (45).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya Kubogi 1/4 final. “Suonsi” - “Manchester Siti” 2:3 (video)