11:56 / 17.03.2019
3 122

“Yuventus”dan “tarsaki yegan” “Atletiko Madrid” La Ligada ham yutqazib qoʻydi (video)

“Yuventus”dan “tarsaki yegan” “Atletiko Madrid” La Ligada ham yutqazib qoʻydi (video)
16 mart, shanba kuni futbol boʻyicha Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida kunning soʻnggi 2 ta uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Yuventus”ga magʻlub boʻlgan Diyego Simeone boshliq Madridning “Atletiko” klubi “Atletik Bilbao” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 73-daqiqasida mezbon jamoa aʼzosi Inaki Uilyams hisobni ochgan boʻlsa, 85-daqiqaga kelib Kenan Kodro Yan Oblak qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol qildi (2:0).
Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Atletik Bilbao”ga magʻlub boʻldi va 3 ochkodan mahrum boʻldi.

La Liga
28-tur bahslari
“Atletik Bilbao”—“Atletiko Madrid” 2:0
Gollar:
1:0 — 73 Uilyams, 2:0 — 85 Kodro
“Atletik Bilbao”: Errerin, de Markos, Nunes, Alvares, Berchiche, Mikel, Garsiya, Gomes (Lekue, 90), Raul Garsiya (Kodro, 85), Muniain (Kordoba, 71), Uilyams
“Atletiko Madrid”: Oblak, Xuanfran (Korrea, 80), Ximenes, Godin, Nyiges, Grizmann, Tomas, Ernandes, Koke, Kosta, Morata
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (37), Ernandes (45), Mikel (77), Alvares (82).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus”dan “tarsaki yegan” “Atletiko Madrid” La Ligada ham yutqazib qoʻydi (video)