09:02 / 18.03.2019
3 199

“Inter” derbida “Milan”ni magʻlubiyatga uchratdi (video)

“Inter” derbida “Milan”ni magʻlubiyatga uchratdi (video)
Italiya chempionatining 28-turidan oʻrin olgan “Milan” – “Inter” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “San-Siro” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Oʻyin mehmonlarning tezkor goli bilan boshlandi. 3-daqiqada Matias Vesino raqib himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalanib hisobni ochdi. Tanaffusga qadar ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo birinchi boʻlimda boshqa gol boʻlmadi.

Ikkinchi boʻlim ham “Inter”ning tezkor goli bilan boshlandi. 51-daqiqada Stefan de Vrey burchakdan uzatib berilgan toʻpni raqib darvozasiga jyolab, mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 57-daqiqada mezbonlar standart vaziyatni golga aylantirishdi. Jarimadan uzatilgan toʻpni Temuye Bakayoko boshi bilan darvozaga aniq yoʻnaltirdi.

67-daqiqada mehmonlar penalti ishlab olishdi, uni Lautaro Martines aniq bajardi. Biroq oradan koʻp oʻtmay maydon egalari yana hisobni qisqartirishdi. Mateo Musakko himoyachilardan qaytgan toʻpni darvozaga joylab qoʻydi.

Shundan soʻng “Milan” vakillari bosimni oshirishdi, “neradzurrilar” esa qarshi hujumda oʻynashdi. Biroq Gattuzo shogirdlarining bir nechta urinishlari samara bermadi.
Shu tariqa, ushbu gʻalabadan soʻng “Inter” ochkolarini 53 taga yetkazib oldi va “Milan”ni (51) ortda qoldirib uchinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

A Seriya, 26-tur
Milan – Inter 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar:
0:1 – 3 Vesino, 0:2 – 51 de Vrey, 1:2 – 57 Bakayoko, 1:3 – 67, penalti Martines, 2:3 – 71 Musakko.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Rodriges (Kutrone, 58), Romanoli, Lukas Paketa (Kastilyexo, 46), Kessie (Konti, 69), Chalxanoglu, Bakayoko, Suso, Piontek.
Inter – Xandanovich, DʻAmbrozio, Shkrinyar, Asamoa, de Vrey, Galyardini, Vesino (Ranokkiya, 90), Perishich, Brozovich (Valero, 73), Politano (Kandreva, 84), Martines.
Ogohlantirishlar: Brozovich (14), Rodriges (32), Romanoli (66), Vesino (79), Suso (79), Konti (89), Galyardini (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter” derbida “Milan”ni magʻlubiyatga uchratdi (video)