08:41 / 19.03.2019
3 482

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga yoʻl oldi (foto)

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga yoʻl oldi (foto)
Oʻzbekiston milliy jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda boʻlib oʻtadigan “China Cup - 2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da Toshkent - Pekin - Nanning yoʻnalishi boʻylab Xitoyga yoʻl oldi, deb xabar beradi OʻFA sayti.

Foto: OʻFA sayti
Eslatib oʻtamiz, “China Cup-2019” xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston, Urugvay, Xitoy va Tailand milliy jamoalari kuch sinashadi.

Oʻzbekiston musobaqani 22 mart kuni Urugvay milliy jamoasiga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Xitoy esa 21 mart kuni Tailand bilan kuch sinashadi. Yarimfinalda gʻolib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda oʻzaro toʻqnash kelishadi. Shuningdek, yarimfinalda magʻlubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-oʻrin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Foto: OʻFA sayti

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga yoʻl oldi (foto)