09:54 / 19.03.2019
3 473

Beyl, Kross va Fabregas nima uchun MYUga oʻtmagani sababini Moyes aytib berdi

Beyl, Kross va Fabregas nima uchun MYUga oʻtmagani sababini Moyes aytib berdi
“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes jamoaga top-futbolchilar olib kelmoqchi boʻlganini aytib berdi.

Shotlandiyalikning aytishiga koʻra, klub Garet Beyl, Toni Kroos va Sesk Fabregas bilan kelishib olishga yaqin boʻlgan ekan.

“Men Kroos bilan koʻrishgandim. U ”Real“ emas, ”Manchester Yunayted“ga oʻtishga rozilik bergandi. Ammo oʻsha vaqtda men isteʼfoga chiqdim va Toni ham boshqa variantni tanladi. Transfer oynasining soʻnggi kunlarida biz Garet Beylni oʻz safimizga qoʻshib olishga yaqin kelgandik. Uni ”Real“dan ketishga koʻndirgandik. Oʻzini taroziga solmasligi uchun unga katta summa taklif qildik. Ammo kichik detallarda omadsizlik boʻldi. Undan tashqari Sesk Fabregas bilan ham kelishib olgandik. Bunda ham Beyldagi holat takrorlangan”, - dedi Moyes.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Beyl, Kross va Fabregas nima uchun MYUga oʻtmagani sababini Moyes aytib berdi