16:25 / 21.03.2019
3 621

Beyl faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

Beyl faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi yozda “Real” Madrid vingeri Garet Beylni sotib olmoqchi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga koʻra nemis klubi 29 yoshli uelslik futbolchini mavsum yakunlangach jamoadan ketadigan Aryen Robben va Frank Riberilarga munosib oʻrinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Beylga MYUdan ham jiddiy qiziqishlar boʻlayotgan edi. Ammo, “qizil iblislar”da bosh murabbiy almashgach bu boradagi rejalar ham oʻzgardi.

Maʼlumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 35ta oʻyinda maydonga tushdi va oʻz hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishdi. Bundan avvalroq “Real” Beylning narxini eʼlon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Beyl faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin