18:24 / 22.03.2019
3 974

Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi “Chelsi”ni sotib olmoqchi

Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi “Chelsi”ni sotib olmoqchi
“The Times” nashrining maʼlumotiga koʻra, London klubini sotib olishga Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi Jim Retkliff qiziqib qoldi. 66 yoshli ishbilarmon Britaniyaning “Team Sky” nomli veloshosse jamoasini sotib olgan edi. Endi esa u futbolga ham pul tikmoqchi.

“Chelsi”ning hozirgi xoʻjayini Roman Abramovich klub uchun 2,5 milliard funt atrofida mablagʻ soʻramoqda. Bu Retkliff uchun muammo emas. Ammo, “Stemford Bridj”ni qayta taʼmirlash uchun ketadigan katta mablagʻ britaniyalikni qoniqtirmaydi. Rossiyalik ishbilarmon ham stadionni taʼmirlashni xohlamayapti.

“Forbes” jurnalining yaqindagina chiqqan reytingida Retkliff 110-oʻrinda qayd etilgan, oʻz oʻrnida Abramovich 107-pogʻonada turibdi. “The Times” Jimning boyligini 21 mlrd funtga baholagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi “Chelsi”ni sotib olmoqchi