19:12 / 22.03.2019
3 148

A va B Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar maʼlum, qurʼa 23 mart kuni tashlanadi

A va B Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar maʼlum, qurʼa 23 mart kuni tashlanadi
Dastavval eʼlon qilinganidek, “Mashʼal”, “Neftchi”, “Shoʻrtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida eʼtirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi. Ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi gʻolibi A Pro-liga yoʻllanmasiga ega boʻladi. A Pro-ligada boʻsh qolayotgan “Orol” jamoasining oʻrni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan toʻldiriladigan boʻldi. Natijada musobaqa finaliga yoʻl olgan “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari A Pro-liga 2019da ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.

Qayd etish joiz, 22 mart kuni PFL kubogida final uchrashuvi oʻtkaziladi. 23 mart sanasiga esa A va B Pro-ligalari uchun qurʼa tashlash marosimi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A va B Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar maʼlum, qurʼa 23 mart kuni tashlanadi