18:56 / 19.03.2019
3 279

Godin, Ximenes va Bentankur Urugvay mashgʻulotlariga qoʻshildi (foto)

Godin, Ximenes va Bentankur Urugvay mashgʻulotlariga qoʻshildi (foto)
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda oʻtkaziladigan “China Cup-2019” musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib oʻtgandik.

Termamizning dastlabki raqibi - Urugvay terma jamoasi mahalliy chempionatda oʻynovchi futbolchilar bilan Xitoyga yetib borishgan edi. Bugundan esa Yevropa qitʼasida toʻp suradigan koʻplab futbolchilar terma jamoa lageriga kelib qoʻshilmoqda.

Jumladan bugun Diyego Godin, Xose Mariya Ximenes, Jonatan Rodriges, Jorjian De Arraskaeta, Maksi Gomes, Federiko Valverde, Kristian Stuani, Marselo Sarachchi, Matias Suares, Diyego Laksalt, Gaston Pereyra, Sebastyan Kouts, Rodrigo Bentankur, Matias Vesino va Martin Kasereslar Xitoyga yetib borishdi.

Ertaga esa Martin Kampanya, Naxitan Nandes va Jovanni Gonsaleslarning kelishi bilan jamoa 22 kishi boʻladi va Oʻzbekistonga qarshi oʻyin uchun toʻliq tarkibda umumiy guruh mashgʻulotlari boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Godin, Ximenes va Bentankur Urugvay mashgʻulotlariga qoʻshildi (foto)