11:21 / 24.03.2019
3 280

Mahmud Gʻoipov professional boksdagi 3-jangida magʻlub boʻldi

Mahmud Gʻoipov professional boksdagi 3-jangida magʻlub boʻldi
23 mart, shanba kuni professional ringda faoliyat olib borayotgan oʻzbekistonlik bokschi Mahmud Gʻoipov (2 ta gʻalaba, 1 ta nokaut) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan boks oqshomida unga mezbon bokschi Vazir Tamoyan raqiblik qildi.
6 raund davom etgan jangda Mahmud ochkolar hisobi boʻyicha raqibiga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Mahmud Gʻoipov professional boksda ilk marta magʻlubiyatga uchradi.

Eslatib oʻtamiz, Gʻoipov soʻnggi jangida armanistonlik Artush Hovxannisyanga qarshi ringga chiqib, 4 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga gʻalaba qozongandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Gʻoipov professional boksdagi 3-jangida magʻlub boʻldi