12:15 / 24.03.2019
2 793

Zidan Azarni “Real”ga oʻtishga koʻndirdi

Zidan Azarni “Real”ga oʻtishga koʻndirdi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Chelsi” vingeri Eden Azar bilan suhbatlashib oldi, deb xabar tarqatdi Kun.uz nashri.
Manba maʼlumotiga koʻra, fransuz mutaxassisi belgiyalik hujumchini yozda Madrid klubiga oʻtishga koʻndirgan.

Avvalroq “Chelsi” “Real”ning Azar boʻyicha 82 mln yevrolik taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi. Taʼkidlanishicha, “koʻklar” 115 million soʻrashmoqda.

28 yoshli Eden “Chelsi”ga 2012 yil yozida “Lill” safidan kelib qoʻshilgan, uning transferi London klubiga 35 mln yevroga tushgandi. Bu mavsum u APLning 29ta oʻyinida qatnashdi va ularning 26tasida boshlangʻich tarkibda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda Azar 24ta golda bevosita qatnashdi (13+11).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan Azarni “Real”ga oʻtishga koʻndirdi