14:10 / 24.03.2019
2 711

Pogba yozda “Real”ga oʻtishi mumkin

Pogba yozda “Real”ga oʻtishi mumkin
“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogba yozda jamoani tark etishi mumkin. Marca xabariga koʻra, futbolchining agenti Mino Rayola transfer ustida ish boshlab yuborgan.

Zidan Madridga qaytganidan keyin Pogba har qanday futbolchi “Real”da oʻynashni orzu qilishi haqida gapirgandi. Bu esa uning madridliklar safiga oʻtishi haqida taxminlarni jonlantirmoqda.

Lekin Pogba “Manchester Yunayted”ni oʻz ixtiyori bilan tark etishi qiyin. Uning shartnomasida tovon puli belgilanmagan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilgacha tuzilgan.

Joriy mavsumda Pogba APL doirasida 27ta oʻyin oʻtkazib, 11ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan. “Manchester Yunayted” mavsum yakuniga 8 tur qolganida 58 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda, “qizil iblislar” mavsum yakunlariga koʻra YECHLga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmasa, Pogba klubni tark etishi uchun yana bir sabab paydo boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pogba yozda “Real”ga oʻtishi mumkin