16:30 / 24.03.2019
3 210

Bokschilarimiz “Buyuk ipak yoʻli” turnirida ishtirok etish uchun Bokuga yetib bordi

Bokschilarimiz “Buyuk ipak yoʻli” turnirida ishtirok etish uchun Bokuga yetib bordi
26 martdan 2 aprelga qadar Ozarbayjon poytaxtida boks boʻyicha “A” toifaga kiruvchi “Buyuk ipak yoʻli” nomli musobaqa boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning eng yetakchi charm qoʻlqop ustalari qatori terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.

Ayni paytda Toʻlqin Qilichev boshchiligidagi delegatsiyamiz Boku shahriga yetib borishdi, deb xabar bermoqda MOQ.
Terma jamoamiz ushbu musobaqada 13 sportchi bilan ishtirok etadi. Bokudagi turnirda yurtimiz sharafini quyidagi bokschilarimiz himoya qilishadi:

-49 kg: Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov
-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov, Foziljon Abdumurodov
-60 kg: Shukur Rahimov
-64 kg: Aliyor Noraliyev
-69 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Oqmurod Gʻafforov
-81 kg: Xurshid Abdullayev, Dilshod Roʻzmetov
-91 kg: Sardor Yormuhammedov, Madiyar Saidrahimov
+91 kg: Obid Tohirov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz “Buyuk ipak yoʻli” turnirida ishtirok etish uchun Bokuga yetib bordi